
"Sho‘rtan" ikkita transferni e’lon qildi
Pro ligadan Superligaga chiqqan va yangi mavsum uchun Toshkentda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Sho‘rtan" klubi selektsiya ishlarini davom ettiryapti.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, ikkita yangi o‘yinchi bilan shartnoma imzolangan.
Hujum yarim himoyachi Kamron Saidazimov endi "Sho‘rtan" sharafini himoya qiladi. U OKMK, "Lokomotiv, "Andijon" va "Surxon"da faoliyat olib borgan.
Bundan tashqari, "Nasaf"da o‘ynagan yarim himoyachi Doniyor Narzullaev ham g‘uzorliklar a’zosiga aylandi va 2025 yil oxiriga qadar shartnoma imzolandi.
Fikrlar