Shota Arveladze: "Navbahor"ga qarshi o‘yinlar doimo qiyin kechadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"O‘yinga jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Yo‘qotishlarga kelsak, Abdullaev Turkiyada muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. U tiklanish jarayonini boshlab yubordi. Maxsus mashqlarni bajarishga kirishdi. Sidiqovning holatini esa bir oz kutishdan so‘ng aniq bilib olamiz. Ularga vaqt kerak. Javohirda og‘riq tarqalgach, davolanish jarayoni boshlanadi.

"Navbahor"ga keladigan bo‘lsak, bu jamoaga qarshi o‘ynash hamisha qiyin kechadi. Ularni yaxshi va jiddiy raqib deb aytgan bo‘lardim. Har doim "Navbahor" bilan o‘yinlar qiziqarli hamda og‘ir kechadi. Lekin biz hozir yaxshi holatga kirib oldik. Shuning uchun uyda o‘tadigan bellashuvda ishqibozlarimizga g‘alaba sovg‘a etishga urinamiz", - deb Arveladzening so‘zlarini keltirib o‘tdi klub matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!