
Shoushenkdan qochmoqchi bo‘layotgan o‘nta «mahbus»
Ko‘pincha ular katta shov-shuvga aylanadigan mojaro uyushtirishadi yoki bir olam transfer haqidagi mish-mishlar chiqarib shartnoma narxini sun’iy oshirishga harakat qilishadi.
Biroq quyida keltirib o‘tiladigan futbolchilarning hammasi ham bunday emas. Ularning ko‘pchiligi chindan ham «Shoushenkdan qochish» uchun harakat qilmoqda.
Adrien Rabo, «PSJ»
Barchasi o‘tgan yili, Rabo parijliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirishdan bosh tortganda boshlandi. «PSJ»ga shu paytda «Barselona»dan Adrienning transferi bo‘yicha taklif kelib tushdi.
Bu bilan Usman Dembeledan keyingi eng shov-shuvli mojaro yuzaga keldi. Parijliklar «ko‘k-qizil»larni Rabo bilan sirli kelishuvlar olib borganlikda ayblashdi. Keyin esa kataloniyaliklarning taklifini butunlay e’tiborsiz qoldirishdi. Frantsiya futbolchilar uyushmasi o‘yinchining mehnat shartnomasi buzilganligini qayd etib, Adrien tarafdori bo‘ldi.
Yarim himoyachi, o‘yinchoq do‘konida arazlagan boladay, o‘z onasini agent vazifasidan bo‘shatdi. Hozir o‘yinchi tungi klubga borganligi va Patris Evraning «MYu»ning «PSJ» ustidan g‘alabasiga bag‘ishlangan postiga «layk» bosgani uchun mashg‘ulotlardan chetlashtirilgan.
O‘tgan oy oxirida AS nashri 24 yoshli frantsuz futbolchi faoliyatini “Real”da davom ettirishi mumkin deya xabar tarqatdi. Biroq o‘tgan kuni Paris United nashri madridliklar ustozi Zinedin Zidan PSJ xavbeki Adrien Raboni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlayotganini yozdi. Raboning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u yozda erkin agent sifatida istagan jamoasiga o‘tib ketishi mumkin.
Mauro Ikardi, «Inter»
Ikardi salkam 2 oylik muddat davomida «Inter» safida maydonga tushmadi. Fevral oyining boshida Ikardining rafiqasi va agenti hisoblangan Vanda Nara yangi shartnoma imzolashga oid o‘z fikrlarini aytar ekan, turmush o‘rtog‘i «Inter» boshqaruv tomonidan himoyaga ega emasligi va Spalettining g‘alati taktikasini keskin tanqid qildi.
Oradan ikki kun o‘tgach, «Inter» rahbariyati 25 yoshli forvard bilan yangi bitim borasida kelisha olmayotgani tufayli, undan sardorlik bog‘ichini olib qo‘ydi. «Rapid» bilan bo‘lgan o‘yinda Samir Xandanovich jamoani sardor sifatida maydonga olib chiqdi. Shundan so‘ng, Ikardi va bolqonlik futbolchilar hamda rahbariyat o‘rtasida nizo kelib chiqqani haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
«Neradzurrilar» hujumchisi 9 fevraldan buyon ilk bor 3 aprel kuni «Jenoa»ga qarshi bahsda o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Ikki oylik tanaffusdan so‘ng yana maydonga qaytgan Ikardi kecha ushbu uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol etishdi va o‘zining «Inter» safidagi gollari sonini 123taga etkazib oldi. U yana bitta gol ursa, «Inter» to‘purarlari ro‘yxatida Kristian Veridan o‘zib ketishi mumkin.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra PSJ 26 yoshli argentinalik futbolchini 32 yoshli urugvaylik forvard Edinson Kavanining o‘rniga munosib ko‘rishmoqda. Frantsiya chempioni Ikardi uchun «neradzurrilar»ga 70 mln evro taklif qilmoqchi.
«Yuventus» esa Paulo Dibalani milanliklar forvardi Mauro Ikardiga almashtirmoqchi. Tuttosport nashrining xabar berishicha «Yuventus» sport direktori allaqachon ushbu masala yuzasidan milanliklar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
Ivan Ignatev, «Krasnodar»
Mahoratli rus hujumchilaridan biri o‘zining kelajagi bilan bog‘liq noto‘g‘ri qarorlarni qabul qilishda davom etmoqda. Ivanning norozilik «qissasi» uning manfaatlarini himoyalovchi agentlik bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishdan boshlandi.
Biroz vaqt o‘tgandan so‘ng, klub bilan yangi shartnoma izmolashdan bosh tortdi. Ignatev bosh murabbiyi oldida yangi shartnoma bo‘yicha o‘z shikoyatlarini bildirdi. Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, 5 yil muddatga mo‘ljallangan yangi bitim futbolchiga yiliga 700 ming rubl miqdoridagi maosh taklif qilingan edi. Kelib chiqqan nizo natijasida o‘yinchi «Krasnodar-2»ga «badarg‘a» qilindi.
Marselo, «Real»
Braziliyalik himoyachining «Real»dagi holati qil ustida. Zidan qaytishidan oldin, Marselo haqida tarqalgan mish-mishlar haqiqatga o‘xshardi: himoyachi «Yuventus»ga – Ronalduning yoniga o‘tishga tayyor, «Real» esa uning o‘rniga «Ayaks»dagi Nikolas Talyafiko nomzodini ko‘zlayotgan edi.
Ammo, Braziliya OAV tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, Zidanning Madridga qaytish shartlaridan biri Marseloni klubda saqlab qolish edi. Murabbiy o‘zgarganidan so‘ng, futbolchi yana o‘z o‘rnini egallay boshladi.
Kallum Xadson-Odoi, «Chelsi»
«Chelsi»ning yangi 18 yoshli noyob qobiliyat egasi hozirdanoq o‘z narxini biladi. U uchun bo‘layotgan kurashlar, Netflix chiqarayotgan seriallar kabi o‘ziga e’tiborni tortmoqda.
Sotib olish istagini ochiqchasiga bildirgan «Bavariya» o‘yinchi ortidan qolmayabdi. Qishki transfer paytida, Kallum jamoa rahbariyatidan transfer qilinishini so‘radi, rad javobini oldi. Angliyada hujumchiga haftasiga 85 ming funt evaziga yangi kontrakt taklif etishdi, biroq bu yosh o‘yinchi fikrini o‘zgartirmadi. U iloji boricha tezroq ketmoqchi.
Dris Mertens, «Napoli»
Belgiyalik o‘yinchi Xitoyga jo‘nash haqida o‘ylab turibdi. Yana bir Neapolitan – Marek Gamshik qishki transfer paytida Xitoyning «Dalyan Ifan» klubiga o‘tgan edi.
Mertens, bunday qaror bilan ruhlanib, Xitoy chempionatiga o‘tib ketish fikrini ko‘rib chiqmoqda. Futbolchining joriy shartnomasi 2020-yilning yozida tugaydi. Biroq u yangi bitim bo‘yicha muzokaralar olib borish haqida qaror qabul qilingani yo‘q.
Ivan Rakitich, «Barcelona»
31 yoshli xorvat ham xali kelajagini aniqlashtira olgani yo‘q. O‘tgan yozda «PSJ» unga maoshini ikki barobar oshirish taklifi bilan shartnoma taklif qilgan edi. Valverde futbolchini qolishga ko‘ndira oldi.
O‘yinchi «Barselona»dan ham analogik taklif kutdi, ammo uning umidlari puchga chiqdi. Ivanning hozirgi shartnomasi 2021-yilgacha bo‘lib, ispanlar bunga turli xil nuqtai nazarlari bilan fikr bildirishmoqda: «Barsa» kontraktni uzaytirishni o‘ylab ko‘rgani ham yo‘q, yoki mahoratli xorvatni saqlab qolish uchun Rabo taklifiga rad javob berishmoqda. Yarim himoyachiga «Inter», «Manchester United» va Evropaning boshqa qator klublari taklif bildirishgan.
Xames Rodriges, «Bavariya»
Kolumbiyalik o‘yinchi nima istayotganini o‘zi bilmayotgandek tuyilishi mumkin. Xamesning ijarasi o‘z nihoyasiga etsada, xali hamon myunxenliklar uning haqini to‘lab berishi noma’lum. Bir necha oy avval, Rodriges Niko bilan janjallashib qolgan bo‘lsa, uning agenti o‘yinchi «Yuventus»ga o‘tishi ehtimoli borligi va u «Real»ning ashaddiy muxlisi ekanligini ta’kidlab gap o‘yini qildi.
So‘nggi bo‘lib o‘tgan hodisalardan so‘ng, Rodriges yaxshi shartnoma evaziga Myunxenda qolishga rozi edi, biroq o‘tgan kunlar davomida Madridga qaytishni xohlab qoldi. Ammo “qirollik klubi” mavsumlar oralig‘ida Xames Rodriges (80 mln) transferga qo‘ymoqchi. O‘z navbatida, myunxenliklar ustozi Niko Kovach kolumbiyalik futbolchini tarkibda saqlab qolishni xohlamayapti. Shu bois nemis grandi uni 42 million evro evaziga sotib olish huquqidan foydalanmaydi va Madridga qaytarib yuboradi.
Matteys de Ligt, «Ayaks»
Gollandiyalik o‘yinchi Evropaning barcha top-klublari orasida talash bo‘lmoqda. «Arsenal» Ozilni De Ligt uchun sotib yubormoqchi. «Barcelona» «Ayaks» sardorini birinchi bo‘lib ko‘z ostiga olgan.
Hamma futbolchining «Liverpul»ga o‘tishini kutganligi sababli, «Barcelona» o‘z harakatlarini to‘xtatgandek edi go‘yo. Biroq kataloniyaliklar 19 yoshli gollandiyalik futbolchini sotib olishga juda yaqin turibdi.
Shunga ishonchimiz komilki, ispanlar himoyachini qo‘lga kiritish uchun barcha narsaga tayyor. Ma’lumot uchun, de Ligt joriy mavsum “Ayaks” safida jami 50ta o‘yinda maydonga tushdi va 5ta gol urishga erishdi.
Leroy Sane, «Manchester Citi»
«Manchester Citi» o‘tgan yozdan buyon germaniyalik «vinger» bilan yangi shartnoma tuzishga harakat qilib kelmoqda. Amaldagi shartnoma 2021-yilda nihoyasiga etadi. El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mavsumlar oralig‘ida «shaharliklar»ni taxminan 7-8 nafar futbolchi tark etmoqchi. E’tiborlisi, ular orasida germaniyalik vinger Leroy Sane ham bor. Uning ketishiga joriy mavsum etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘la olmayotganligi sabab boshqa jamoaga o‘tib ketmoqchi.
Todomercadoweb nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli germaniyalik futbolchiga «Bavariya», PSJ va «Yuventus» kabi jamoalardan jiddiy qiziqishlar mavjud. Ta’kidlash kerakki, uning transfer narxi 120 mln evroga baholanmoqda. So‘nggi yangiliklarga ko‘ra, Sane «Bavariya»dan bo‘layotgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Sane “Manchester Siti” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum jami 43ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 18ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.
M. Zaynutdinova tarjimasi
Fikrlar