Shoxasan Mirzamatov: "Bogdan Toshkentda “uxlab qoladi” va men yangi kamarni O'zbek xalqiga sovg'a qilaman!"
Taniqli MMA jangchimiz Shoxasan Mirzamatov (16-4) Octagon liga chempionlik kamarini tortib olishga tayyorligini aytdi.
"Chempionlik jangi uchun uzoq yo‘l bosib o‘tdim. Hayotdagi turli vaziyatlar uni qo‘lga kiritishimga to‘sqinlik qildi. Ba'zi odamlar esa meni divizionda kimdandir qo‘rqyapti deb o‘ylashdi, lekin oktagonda hech qachon qo‘rquvni his qilmaganman. Raqibim Bogdanga maslahatim: qo‘llarni balandroq ko‘tarib kurashgani ma'qul. Shunda uning boshiga zarba berish qiyin bo‘ladi. O‘ylashimcha, bahs uzoq davom etmaydi. Amaldagi chempion Toshkentda “uxlab qoladi” va men yangi kamarni O‘zbek xalqiga sovg‘a qilaman!" - dedi hamyurtimiz.
Eslatib o‘tamiz, Shoxasan Mirzamatov 2 aprel kuni "Humo Arena" majmuasida bo‘lib o‘tadigan "Octagon 85" turnirida qozog‘istonlik Bogdan Pshebelskiyga (7-2) qarshi yarim o‘rta vazn chempionlik kamari uchun jang o‘tkazadi.
Fikrlar