Shunchaki dahshatli summa! Angliya superklubi “Real”ga ikki futbolchi narxini aytdi

  • 02.04.2026 07:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi oʻz yetakchilari – angliyalik Koul Palmer va argentinalik Enzo Fernandezni olmoqchi boʻlgan klublarga transferning summasini belgiladi.

- “Chelsi”rahbariyati Madriddning “Real” klubi tomonidan kuchli qiziqish fonida Koul Palmer va Enzo Fernandez uchun hayratlanarli 280 million funt sterling narx belgiladi.

“Aristokratlar” buni aniq bayon qildi: bu yozda ular ushbu summadan past takliflarni koʻrib chiqmaydi, - deb yozdi Topskills Sports UK nashri.

Eslatib oʻtamiz, “Chelsi” joriy Chempionlar ligasi musobaqasida 1/8 final bosqichida Fransiyaning PSJ jamoasiga yirik hisobda yutqazib, musobaqani tark etgan.

Angliya Premier-ligasida esa Liam Rosenior jamoasi 31 oʻyindan keyin 48 ochko bilan 6-oʻrinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!