Shundog‘am ishlari yurishmayotgan "Liverpul"ning ikki futbolchisi "Chelsi"ga qarshi o‘ynamaydi

  • 3 aprel, 2023, 17:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning ikki futbolchisi ertaga Angliya premer-ligasi doirasida bo‘lib o‘tadigan Londonning "Chelsi" klubiga qarshi o‘yinda tiklanishga ulgurmadi.

Tecno

Bosh murabbiy Yurgen Klopp Luis Dias va Tiago Alkantarani "aristokratlar"ga qarshi o‘yin uchun tarkibda bo‘lmasligini aytdi.

"Luis Dias ertangi o‘yinda maydonga tushmaydi. U "Arsenal" bilan o‘yinga qaytadi deb ayta olmayman, bu dargumon. Tiagoga kelsak, ertaga u aniq maydonga tushmaydi”, - dedi Klopp matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Dias kuzda jarohat olgan bo‘lsa, Tiago so‘nggi bir necha haftani o‘tkazib yuborgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!