Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Shuni olinglar! Messi "Barselona"ga futbolchi tavsiya qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Leo kataloniyaliklarga zo‘r o‘yinchi topib berdi

«Inter Mayami» klubining yulduz hujumchisi, uzoq yillar «Barselona» sharafini himoya qilgan Lionel Messi kataloniyaliklarga yangi nomzodni tavsiya etdi.

Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, argentinalik futbolchi Ispaniya chempioniga 18 yoshli meksikalik vinger Xilberto Mora bilan shartnoma imzolashni maslahat bergan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yosh iste'dod uchun kurashda «Barselona»ga «Arsenal», «Real» va «Liverpul» kabi grand klublar raqobat qiladi.

Xilberto Mora hozirda o‘z mamlakatidagi «Tuxuana» jamoasi safida to‘p surmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Moraning transfer qiymatini 25 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q