
Shvetsiya Kosovo darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi (video)
JCh-2022 saralashining Evropa mintaqasi “B” guruhi 7-turida Shvetsiya terma jamoasi o‘z maydonida Kosovoni qabul qildi.
O‘yin mezbonlarning to‘liq ustunligida kechdi va bu ustunlik yakuniy hisobda ham o‘z aksini topdi. Shu kuni Shvetsiya raqibini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindagi gollarni Emil Forsberg (29'), Aleksander Isak (62') va Robin Kvayson (79') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar