Shyurrle faoliyatini Rossiyada davom ettiradigan ko‘rinadi
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Andre Shyurrle Rossiya vizasini olish uchun harakatlarni boshladi. Bu haqda RBK nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 28 yoshli nemis futbolchisi yakun kunlarda Moskvaga keladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Shyurrlening agenti Ingo Xaspel Moskvaning “Spartak” klubi bilan mijozining transferi borasida muzokaralar o‘tkazayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Ta’kidlash kerakki, Shyurrlega shuningdek Moskvaning boshqa bir klubi – “Lokomotiv” ham qiziqishlar mavjud.
Fikrlar