
Simona Xalup: Onam aytgan orzuim ushaldi!
Ruminiyalik Simona Xalep "Uimbldon" musobaqasida g‘olib bo‘lgandan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Siz uchun o‘yin yaxshi o‘tdimi?
– O‘yinim qovushdi. Serenaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Men ko‘p harakat qildim, Qirollik oilasi o‘yinni kuzatib borganidan xursandman.
– Siz hayajonlandingizmi?
– Hayajonlanishga vaqt bo‘lmadi. O‘yin davomida qorn qismimda biroz noqulaylik tug‘ildi, lekin mening xayolim faqat g‘alaba qozonishda edi.
– Bosh sovrin sohibasi sifatida nimalarni his qilmoqdasiz?
– Bolaligimda onam tennischi bo‘lsang albatta Uimbldonni yutishing kerak, shunda bir umr tarixda isming qoladi. Shuningdek mazkur musobaqa g‘oliblari bir umrga klub a’zosi bo‘lib qoladi. Bu katta natijadir.
Fikrlar