Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

Sindarov jahon tojini Karlsen uslubida qo‘lga kiritadi! Mashhur grossmeyster o‘zbek shaxmatchisi g‘alabasini kutyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Tarixiy to‘qnashuvga oz vaqt qoldi

Amerikalik mashhur grossmeyster Hikaru Nakamura oʻzbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov va hindistonlik Gukesh Dommaraju oʻrtasidagi jahon chempioni unvoni uchun boʻladigan bahs borasida oʻz fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda Rook Review oʻz manbasiga tayanib.

Nakamuraning taʼkidlashicha, eng ehtimoliy natija — Sindarovning ishonchli gʻalabasi. U vaziyatni Magnus Karlsenning ilk chempionlik dueli bilan qiyosladi.

- Holatga xolis qarasam, Sindarov gʻalaba qozona olmasligini tasavvur qilishim qiyin. Albatta, men teng kurashli, keskin oʻtadigan matchni koʻrishni istardim, lekin real holatni olsak, eng ehtimoliy stsenariy — Sindarovning juda ishonchli gʻalabasi, deb oʻylayman.

Bu 2013 yildagi Magnus va Anand oʻrtasidagi bahsni eslatadi. Ōshanda, nazarimda, Magnusning ilk chempionlik matchi edi: u ikkinchi partiyada, soʻngra oltinchi va oʻninchi partiyalarda yutib, juda, juda ishonchli gʻalabaga erishgan. 

Menimcha, toʻrtta ehtimoliy stsenariy orasida hozirgi vaziyat uchun ham eng real koʻrinadigan aynan mana shu, — deya taʼkidladi Nakamura.

Uning fikricha, agar bahs mutlaqo teng kurash sharoitida oʻtsa, bunday holda ustunlik Gukesh tomonida boʻlishi mumkin. Biroq Nakamura bu variantni unchalik ishonarli deb hisoblamaydi.

- Agar match haqiqatan ham teng oʻtsa, oʻshanda gʻolib boʻlishi ehtimoli yuqori boʻlgan shaxmatchi — Gukesh, deb oʻylayman. Lekin men bu duel shunchalik teng kurashda kechishini tasavvur qilolmayman. 

Oxirgi bir yarim yilda Gukeshning oʻyinida shunday keskin sakrash, kutilmagan tarzda ancha yuqori darajada oʻynay boshlashini koʻrsatib turadigan biror belgi koʻrmadim. Hech narsa bunga ishora qilmayapti, — dedi Nakamura.

Eslatib oʻtamiz, Javohir Sindarov amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi oʻynash huquqini nomzodlar turnirida gʻolib chiqqani orqali qoʻlga kiritgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q