Sindarov sipoh qurbon qilib, Pragnanandhani mag‘lub etdi

  • 01.04.2026 11:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat

Shaxmat bo‘yicha 2026 yildgi Jahon chempionligi uchun yo‘llanma beruvchi talabgorlar musobaqasida bugun 3-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Javohir Sindarov ushbu turda hindistonlik  Rameshbabu Pragnanandhaga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Bahsning 13-yurishida hamyurtimiz o‘zining Otini qurbon qilib, raqibning 2 ta piyodasini urib olish bilan birga Rameshbabuni rokirovkadan mahrum qildi. Shundan so‘ng Javohir o‘zi uchun qulay hujumkor vaziyatni qo‘lga kiritdi.

Tomonlar tseytnotga tushib qolgani uchun ba'zi xatolar kuzatila boshlandi. So‘nggi qo‘pol xatoni esa Pragnanandha qildi. Javohir darhol bu xato uchun hindistonlik shaxmatchi jazoladi. Natijada Rameshbabu 40-yurishdan keyin taslim bo‘ldi. 

Ushbu g‘alabadan keyin Sindarov 2,5 ochko to‘plagan holda Fabiano Karuana bir birga peshqadam bo‘lib turibdi. Ikki shaxmatchi hisobida 1,5 ochko bor. Sindarov 4-turda Fabiano Karuanaga qarshi oq donalarda o‘ynaydi. Javohir onlayn FIDE reytingida 2753,5 ball bilan 8-o‘ringa ko‘tarildi.

Futbol qoidalari

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!