Sirdaryoda fidjital sport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining mintaqaviy bosqichi boshlandi
Sirdaryo viloyati Guliston davlat pedagogika instituti sun’iy qoplamali maydonida Fidjital futbol (FIFA 24, 5x5 formati), fidjital basketbol (3x3 EA), lazertag va Just Dance yo‘nalishlari bo‘yicha iqtidorli sportchilarni aniqlash maqsadida O‘zbekiston chempionatining mintaqaviy bosqichiga start berildi.
Turnirning ilk kuni fidjital futbol (FIFA 24, 5x5 formati) yo‘nalishi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda 11 ta jamoa, jami 88 nafar sportchi ishtirok etdi. Musobaqa keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tdi.
Natijalarga ko‘ra:
Olimpik (Toshkent vil)
Sardoba tumani (Sirdaryo vil)
Guliston davlat pedagogika instituti (Sirdaryo vil)
Musobaqa jarayonlari 23-oktyabrga qadar davom etadi. G‘olib bo‘lgan 1- va 2-o‘rin sohiblari O‘zbekiston chempionatining respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.



Fikrlar