Asosiy mazmunga oʻtish

"Сити" 17 yoshli vunderkindni grand klublar bilan talashyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Zoʻr oʻyinchi boʻladi

Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Matis Albert Evropa transfer bozorida e'tibor markazida turibdi. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur ma'lum qildi.

Jurnalist ma'lumotiga ko‘ra, 17 yoshli iqtidorli futbolchiga Londonning «Chelsi» jamoasi, shuningdek, «Manchester Siti» va «PSJ» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, nemis jamoasi rahbariyati futbolchi bo‘yicha kelib tushayotgan barcha takliflarni, hatto ijarа variantlarini ham rad etmoqda.

Amerikalik yarim himoyachining «shmellar» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ekspertlarining bahosiga ko‘ra, Matis Albertning transfer qiymati hozircha taxminan besh million yevroni tashkil etmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q