
“Siti” “Barsa”ning nishonini urmoqchi
“Xoffenxaym” himoyachisi Maleyro Bogardening omadi chopib qoldi. Bu futbolchini Evropaning grand klublari o‘z safiga chorlamoqda.
“Barselona” uni olish uchun “Milan” bilan raqobatlashayotgan edi. Endi da’vogarlar safiga “Manchester Siti” ham qo‘shildi.
“Shaharliklar” 18 yoshli futbolchini klub bilan shartnomani uzaytirishga shoshilmayotgan Erik Garsiyaga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi. O‘z navbatida, “Barselona” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Garsiya yozda Kataloniyaga qaytib ketmoqchi bo‘lyapti.
Bogardening “Xoffenxaym” bilan shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi. Shuning uchun uni olmoqchi bo‘layotgan klublar futbolchi bilan qishda shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olishga harakat qilyapti.
Fikrlar