
"Siti" Bundesliga yulduzi bilan muzokaralarni boshladi
"Manchester Siti" "Bayer"ning 21 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Florian Virtsning vakillari bilan futbolchining kelgusi yozda "shaharliklar" safiga o‘tishi borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda "Football Insider" xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, germaniyalik yarim himoyachiga "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda. Biroq, "Manchester Siti" Virts uchun kurashda Myunxen klubiga raqobat qilishga tayyor ekanligini bildirdi.
Joriy mavsumda Florian barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 15 ta gol urdi va 13 ta gol uzatmasini amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 140 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar