“Siti” Gvardiola o‘rniga umuman kutilmagan murabbiy tanlab qo‘ydi
Angliya Premer-ligasida “Bornmut”ni boshqarib kelayotgan bosh murabbiy Andoni Iraola yaqin kelajakda “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tishi mumkin.
TEAMtalk nashrining xabar berishicha, “shaharliklar” Iraolani taklif etiladigan murabbiylar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ydi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester Siti” rahbariyati Andoni Iraolaning faoliyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni Xosep Gvardiolaning ehtimoliy vorisi sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Biroq, Gvardiola yaqin orada klubni tark etishi kutilmayapti. Agar favqulodda jiddiy inqirozlar ro‘y bermasa, tajribali murabbiy amaldagi shartnomasini oxiriga etkazib qo‘yadi.
Andoni Iraola Gvardiola kursisiga yagona da’vogar emas. Manchesterliklar klubda o‘ynagan va murabbiy sifatida ishlagan Vensan Kompanini ham nishonda ushlab turibdi. Belgiyalik mutaxassis hozir Bundesliga grandi “Bavariya”ni muvaffaqiyatli boshqaryapti.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Gvardiola 2016 yildan beri “Manchester Siti” bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.
Fikrlar