“Siti” katta transfer bo‘yicha rad javobini oldi

  • 04.06.2026 12:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” klubi mutasaddilari Angliya Premier-ligasining eng zo‘r yarim himoyachilaridan biri Elliot Anderson transferi bo‘yicha birinchi rasmiy taklifini yubordi.

Ammo “Nottingem Forest” rahbariyati o‘z yulduzi bo‘yicha “shaharliklar”ning dastlabki urinishini blokladi.

Bu haqida The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, rad javobiga qaramay, tomonlarning Angliya milliy terma jamoasining 23 yoshli futbolchisi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Shu bilan birga, “Nottingem Forest” rahbariyati ehtimoliy transfer amalga oshsa, maksimal darajada foydali shartlarga erishishni maqsad qilgan.

Anderson jamoaning asosiy yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. U “Nyukasl Yunayted”dan kelganidan beri klub safida 90 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan.

Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. U asosan tayanch yarim himoyachi sifatida harakat qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!