
"Siti" qishda futbolchi sotib oladimi? Gvardiola javob berdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining qishki transfer oynasidagi pozitsiyasini ma’lum qildi.
"Kuchaytirishimiz kerak bo‘lgan nuqtani ko‘rmayapman. O‘ylaymanki, "Siti" mavsumni shu tarkib bilan yakunlaydi. Boshqa fikrga o‘rin yo‘q. Hali birorta futbolchini sotib olishni muhokama ham qilmadik",-deya mutaxassis so‘zlarini keltirmoqda "shaharliklar" matbuot xizmati.
Manchesterliklar ayni paytda Angliya Premer ligasi turnir jadvalida 2-pog‘onada bormoqda. Pep shogirdlari peshqadam "Arsenal"dan 5 ochkoga ortda qolyapti.
Fikrlar