"Siti" rahbariyati Sterlingni saqlab qolishning yo‘lini topdi

  • 20 noyabr, 2019, 17:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” klubi rahbariyati tez orada jamoa vingeri Raxim Sterlingga yangi shartnoma taklif qiladi.

Tecno

Daily Mail nashrining yozishicha “shaharliklar” 24 yoshli angliyalik futbolchiga haftasiga 300 ming funt maosh to‘lashga tayyor. Ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv yangilanganiga endigina bir yil bo‘ldi. Unga ko‘ra Sterling 2023 yilga qadar “Siti” futblchisi hisoblanadi.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Manchester Siti”ning Sterlingga yangi shartnoma taklif qilishini, unga “Real” va “Barselona” kabi jamoalardan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘lgani bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Sterling joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va 14 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!