“Siti”: Shu universal futbolchini olmasak bo‘lmaydi

  • 06.02.2026 06:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Yangi xabarlarga koʻra, “Manchester Siti” rahbariyati yozgi transferlar rejasini tuzmoqda va taklif etiladigan oʻyinchilar roʻyxatining eng yuqori qismiga “Vest Xem Yunayted” futbolchisi Mateus Fernandes nomini yozib qoʻydi.

Yanvar oyida “Manchester Siti” hujum chizigʻiga Antuan Semenyo va himoya markaziga Mark Gexini olib keldi. Shunga qaramay, hali jamoa tarkibi kutilgan darajaga yetgani yoʻq.

Semenyo va Gexi kelganidan soʻng, qishki transferlar oynasi davrida boshqa oʻyinchi olinmaydi. Asosiy yangilanishlar mavsum yakunlangandan keyin boʻladi.

SportBoom nashri xabariga koʻra, Mateus Fernandes “Manchester Siti”dan tashqari “Manchester Yunayted”  eʼtiborini ham tortgan. Uning shartnomasida “Vest Xem Yunayted” Premer-ligadan tushib ketgan taqdirda kelishuvni avtomatik tarzda bekor qiladigan band borligi aytilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Pep Gvardiola 21 yoshli futbolchining yuqori texnikaga asoslangan ishonchli oʻyini va bosim ostida harakat qila olish qobiliyatidan juda taʼsirlangan. Shuningdek, Fernandes “Siti”ning oʻyin uslubi va texnik talablariga juda mos keladi. Murabbiy uni bir nechta pozitsiyada, jumladan, qanot himoyachisi sifatida ham oʻynay oladi, deb hisoblaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!