"Siti" transfer rekordini yangilamoqchi

  • 14 sentabr, 2020, 17:51
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" himoyachisi Xose Mariya Ximenes uchun "Manchester Siti" 94 mln evro taklif qildi. Bu haqida AS nashri xabar bermoqda.

Gap shundaki, jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning qo‘l ostidagi markaziy himoyachilardan ko‘ngli to‘lmayapti. Ispaniyalik mutaxassis o‘tgan mavsum klubni tark etgan Kompani kabi etakchi futbolchiga ehtiyoj sezmoqda. Shu sababli, "shaharliklar" urugvaylik fulbek uchun 89 mln evrodan hoziroq voz kechishga tayyor. Shuningdek, 5 mln evro miqdoridagi turli bonuslar ham bitimga kiritilgan.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, manchesterliklar rasmiy taklif bilan "matraschilar"ga murojaat qilgan. "Siti" tarixidagi eng qimmat transfer Kevin de Bryuyne hisoblanadi. "Shaharliklar" belgiyalik xavbek uchun 2015 yil 76 mln evro to‘lagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!