“Siti” yulduzi bir liganing o‘nta jamoasi bilan muzokara qildi

  • 27 may, 2024, 14:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” pleymeykeri Kevin de Bryuyne kelasi mavsumni ham Xosep Gvardiola qo‘l ostida o‘tkazishini e’lon qilgan.

Tecno

Belgiyalik yarim himoyachi bir yildan keyin shartnomasini tugatib, boshqa jamoaga o‘tishi kutilmoqda.

32 yoshli futbolchi bilan hozirdan kelishib qo‘ymoqchi bo‘layotgan klublar paydo bo‘ldi.  

The Mirror nashrining yozishicha, Saudiya Arabistonining o‘nta klub vakillari Kevin de Bryuynening agentlari bilan muzokaraga kirishdi. Xaridorlar orasida “An-Nasr”, “Al-Ittihod” va “Al-Hilol” singari liganing qudratli klublari bor.

Shunga qaramay, ayrim manbalar mohir yarim himoyachi faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkinligi haqida ham xabar tarqatyapti. Qolaversa,  de Bryuyne darajasidagi futbolchiga Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridan ham chorlovlar bo‘lishi aniq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!