“Siti” yulduzi klubdan ketishi tasdiqladi

  • 03.03.2026 14:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva klubni tark etganidan keyin ham uni qo‘llab-quvvatlashda va unga muxlislilik qilishda davom etishini aytdi.

2017 yldan beri klubda faoliyat yuritayotgan portugalialik futbolchining “shaharliklar” bilan xayrlashuvi yaqin orada sodir bo‘lishi kutilyapti. Joriy mavsum oxirida uning shartnomasi tugaydi.

- Men manchesterlik emasman, ammo bu yerda to‘qqiz yil yashaganim uchun o‘zimni qisman manchesterlikdek his qilaman. Ketganimdan keyin ham klubni qo‘llab-quvvatlashda davom etishimni ayta olaman.

Men o‘zimni klubning bir qismi, oddiy o‘yinchi emas, balki muxlislardan biri, deb his qilaman. Shuning uchun sardorlik bog‘ichi men uchun alohida sharaf.

Aynan shu yerda men rafiqam bilan tanishdim, shu yerda birinchi qizim katta bo‘ldi. Hatto 60 yoshimda ham bu shaharning hayotimning eng muhim va baxtli bosqichi sifatida eslayman, - dedi Bernardu Silva.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!