“Siti” yulduzi oʻziga jamoa tanladi
“Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasining oxirgi oylarini o‘tayotgan Bernardu Silva faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Portugaliyalik yarim himoyachi “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi tugagandan keyin “Barselona”ga o‘tishga qaror qildi. Mashhur agent Jorje Mendes 31 yoshli o‘yinchining xizmatlarini klubga taklif qilgan.
Kataloniyaliklar ham tajribali futbolchini erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib olishga qarshi emas.
Silva “Benfika” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Qadrdon klubidan keyin iqtidorli yarim himoyachi 2014-2015 yillar davomida Frantsiya chempionatida “Monako” sharafini himoya qilgan.
“Manchester Siti” 2015 yilning yozida mahoratli yarim himoyachini 50 million yevroga transfer qildi. Shundan beri “shaharliklar” safida o‘ynab kelayotgan Bernardu Silva klublar miqyosida barcha nufuzli sovrinlarga ega chiqdi.
Fikrlar