“Siti” yulduziga sakkiz million maosh taklif qilindi

  • 08.04.2026 05:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

2017 yildan beri “Manchester Siti” sharafini munosib himoya qilib kelayotgan portugaliyalik hujumkor futbolchi Bernardu Silva joriy mavsum oxirida klubni tark etishi hal bo‘lgan masala hisoblanadi.

Erkin agent maqomini oladigan yulduzga Yevropa, MLS va Saudiya Arabistoni klublari da’vogarlik qilmoqda.

Italiyaning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Yuventus” Bernardu Silvani katta maosh bilan o‘ziga jalb qilishni rejalashtirib qo‘ygan.

La Gazzetta dello Sport ma’lumotiga ko‘ra, Turin klubi allaqachon agent Jorje Mendes bilan aloqa o‘rnatgan. “Yuventus” Silvaga yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan uch yillik shartnoma taklif qildi.

Ular 31 yoshli futbolchiga har mavsum uchun 8 million yevrogacha maosh berishni ta’kidlayapti. Bu summa o‘zi “Barselona”ga o‘tishni istayotgan Silvaning fikrini o‘zgartirishi mumkinligi aytilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!