Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Sitora Turdibekova turkiyalik raqibasiga imkoniyatni boy berdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Vakilamiz ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi.

30 iyundan 7 iyulga qadar Qozog‘istonning Ostana shahri "World Boxing" tashkiloti kubogiga mezbonlik qiladi.

Bugundan birinchi kun bahslari start oldi.

Hozirgina -60 kg da hamyurtimiz Sitora Turdibekova va turkiyalik Gizem Ozer jangi yakunlandi. Shiddatli va murosasiz kechgan qarama-qarshilikda Turdibekova 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Shuning bilan yurtdoshlarimiz ishtirokidagi bugungi bahslar o‘z nihoyasiga  etdi. Ertaga yana bir qancha sportchilarimiz ringga ko‘tariladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q