Slot: "Biz kuchli jamoalarga qarshi raqobatlasha olamiz, ammo past himoya bilan muammolar bor"

  • 09.01.2026 15:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot APL doirasida "Arsenal"ga qarshi oʻyindan keyin (0:0) fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

— Biz shuni koʻrsatdik — ayni mavsumda birinchi marta emas — muhim oʻyinlarda istalgan jamoaga qarshi kurasha olishimizni. Biz deyarli barcha kuchli raqiblarga qarshi natija qoʻlga kiritdik. Faqat "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuv bundan mustasno boʻldi. Osha oʻyinda biz aniq gol urgandik, ammo bunga faqat hakam va VAR ishonmadi. Shu uchrashuv mavsumdagi yagona magʻlubiyatimiz boʻlib, 0:3 hisobida yakunlangan.

Qolgan barcha oʻyinlarda, menimcha, biz oʻz kuchimizni koʻrsatdik: "Arsenal"ga qarshi uyda ham, safarda ham. Biz istalgan jamoa bilan raqobatlasha olamiz.

Shunda savol tugʻiladi: nega biz 14 ochkoga ortda qolyapmiz? Buning sababi ham aniq — biz raqiblarning past himoyasini yorib oʻtishda qiynalyapmiz.

"Liverpul" va "Arsenal" oʻrtasidagi ikki oʻyinda ham har ikki jamoa juda kuchli va oʻzaro raqobatbardosh ekanini namoyish qildi.

"Enfild"da biz standart vaziyatdan gol urib gʻalaba qozongandik. Bu safar esa bunday imkoniyat boʻlmadi, shuning uchun uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi, — dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!