Slot: "Liverpool" yangi transferlar uchun futbolchilarni sotishi shart"
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoaning yozgi transfer rejalari haqida fikr bildirdi.
Uning taʼkidlashicha, klub yangi futbolchilarni xarid qilish uchun avval ayrim oʻyinchilar bilan xayrlashishiga toʻgʻri keladi.
"Biz sotishimiz kerak, shundagina sotib olishimiz mumkin. Ayrim futbolchilarni esa bepul yoʻqotayapmiz. Bu yozda bu katta sinov boʻladi, ammo klub bu kabi model ishlashini avval ham isbotlagan.
Men koʻp marta aytganimdek, kelajak juda yaxshi koʻrinmoqda, ayniqsa bu yozda kuchli futbolchilar ketganidan keyin yangi oʻyinchilarni jalb qila olsak.
Biz hozir oʻtish davridamiz. Har qanday klubda muayyan futbolchilar bilan bogʻliq tsikllar boʻladi. Jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erishgan koʻplab oʻyinchilar allaqachon ketgan yoki ketish arafasida.
Afsuski, bu erkin transferlar orqali ham sodir boʻlmoqda — Mo, yaʼni Muhammad Saloḥ bilan ham shunday boʻladi, Robbo, yaʼni Endryu Robertson bilan ham shunday holat kuzatilishi mumkin, Trent bilan esa bu allaqachon yuz berdi. Bilasiz, klub yana sarflashi uchun kiritilgan mablagʻni qaytarishi kerak.
Bu oʻtgan mavsumda ham chaqiriq boʻlgandi: bizga besh-olti nafar yangi futbolchini olish uchun 10-11 nafar oʻyinchini sotishimizga toʻgʻri kelgan", — dedi Slot.
Fikrlar