Slot: "Saloh Afrika millatlar kubogi haqida o‘ylayapti"

  • 20.12.2025 01:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi. Yaqinda misrlik futbolchi tarkibga kiritilmagani yuzasidan bildirilgan tanqidlar ortidan jamoaning Chempionlar ligasidagi o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi.

— O‘tgan hafta ham aytganman: amal so‘zlardan balandroq turadi. Biz bu masalani ortimizda qoldirdik. Saloh o‘tgan o‘yin uchun ro‘yxatda bor edi va men amalga oshirgan birinchi almashtirish aynan u bo‘ldi. Oldinda uni Afrika millatlar kubogi va katta o‘yinlar kutyapti. Hozir u shu haqda o‘ylayapti, — dedi Slot matbuot anjumanida.

Shanba kuni mersisaydliklar Angliya chempionati doirasida "Tottenxem"ga qarshi safar o‘yinini o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30'da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!