"So‘gdiyona" Chernogoriya terma jamoasida to‘p surgan futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Yangi mavsum arafasida yuksak maqsadlar sari qadam tashlayotgan “So‘gdiyona” jamoasi tarkibni kuchaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun tajribali futbolchi Aleksandar Boljeviç bilan shartnoma imzolandi. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2026 yil yakuniga qadar amal qiladi.
Faoliyati davomida Aleksandar Boljeviç "Standart", "Eypen", "Hapoel Tel Aviv" hamda "Jeljezničar" jamoalari safida to‘p surib, o‘zini mehnatkash, mas'uliyatli va ishonchli futbolchi sifatida namoyon etgan.
Shuningdek, futbolchi Chernogoriya milliy terma jamoasi safida 26 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol muallifiga aylangan.
Fikrlar