"So‘g‘diyona" futbolchisi Janubiy Koreya chempionatiga o‘tadi!

  • 27.11.2025 16:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

"So‘g‘diyona" markaziy himoyachisi Otabek Ahadov mavsum oxirida legionerga aylanadi. 

Bizga ma’lum bo‘lishicha, 20 yoshli futbolchiga Janubiy Koreyaning "Chedju Yunayted", "Chonnam Dregonz" va "Suvon Samsung" hamda Eron klublaridan takliflar bo‘lgan. Futbolchining tanlovi esa "Suvon Samsung" jamoasi bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, "bo‘rilar" a’zosi joriy mavsum Superligada 22 o‘yinda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
27/11/2025 21:55
Omad tilayman!