"So'g'diyona" O'zbekiston olimpiya terma jamoasi hujumchisini o'z safiga qo'shib olish arafasida
Amirbek Saidov faoliyatini Jizzaxda davom ettirishi mumkin.
Sports.uz sayti jurnalisti Oybek Yuldoshevning ma'lum qilishicha, 20 yoshli hujumchi "So'g'diyona" futbolchisiga aylanadi. Tomonlar kelishuvga erishishi arafasida.
Ma'lumot uchun, Saidov yaqinda bo'lib o'tgan U23 Osiyo kubogida anchagina yaxshi formada ekanini ko'rsatdi. Futbolchi Livanga qarshi o'yinda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan edi.
Fikrlar