
"So‘g‘diyona" Turkiyadagi nazorat o‘yinida serb klubi bilan durang o‘ynadi
Oldinroq xabar berganimizdek, jamoamiz bugun 29 yanvar sanasida Serbiyaning "Jeleznichar" jamoasi bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushib, 1:1 hisobda durangga imzo chekdi.
Dastlabki bo‘limning 42-daqiqasida serbiyaliklar markaziy hujumchisi Jorje Susnjar hisobni ochishga erishdi. Shu bilan birinchi bo‘lim yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limning 72-daqiqasida jizzaxliklar legioneri Jenan Zaymovich raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirishga erishdi. Shu tariqa, uchrashuv 1:1 hisobda yakunlandi.
Manba: "So‘g‘diyona" matbuot xizmati.
Fikrlar