So‘nggi ikki kun ichida "Yuventus"ning yana bir futbolchisida koronavirus aniqlandi
“Yuventus” yarim himoyachisi Xuan Kuadradoning koronavirusga topshirgan testi musbat natija berdi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha, kolumbiyalik futbolchida kasallik alomatlari yo‘q. Ammo shunga qaramasdan u karantinga olingan.
Bundan avvalroq “Yuventus”ning boshqa bir himoyachisi Aleks Sandroda COVID-19 aniqlangani ma’lum qilingan edi.
Kuadrado joriy mavsum A Seriyada 13 ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 3 ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar