So‘nggi mag‘lubiyat alamli bo‘ldi. “Arsenal” sakkiz futbolchidan voz kechmoqda

  • 3 yanvar, 2024, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Arsenal” Premer-liganing 2023 yildagi oxirgi uchrashuvida o‘rtamiyona jamoalaridan biri “Fulxem”dan mag‘lubiyatga uchrab, musobaqa peshqadamiga aylanish imkonini qo‘ldan chiqardi.

Mikel Arteta shogirdlari barcha turnirlardagi oxirgi oltita uchrashuvdan atiga bittasida g‘alaba qozondi.

Klub rahbariyati tarkibni tozalash siyosatiga qo‘l urmoqchi. The Sun nashrining xabar berishicha, Sedrik Soareshga yangi bitim berilmaydi. Uni yanvardayoq sotib yuborishmoqchi. Muhammad En-Neni bilan ham xuddi shu vaziyat.

Mikel Arteta bundan buyon Emil Smit Rou, Aaron Ramsdeyl, Yakub Kivor va Reyss Nelsonga ham o‘yin amaliyoti bermoqchi emas.

Eddi Nketianing “Arsenal”dagi faoliyati ham oxiriga etib qoldi. Angliya matbuotining yozishicha, Tomas  Parti ham “kanonirlar” safini tark etishi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!