Asosiy mazmunga oʻtish

Spalletti: «Yuventus» futbolchilari menga qaysi taktik sxema bo‘yicha o‘ynashni belgilab bera olmaydi»

Muhammadqodir Ruzmatov
Izohlar: 0

«Yuventus» murabbiyi Luchano Spalletti futbolchilar undan taktik sxemani o‘zgartirishni so‘ragani haqidagi xabarlarni rad etdi.

«Yuventus» bosh murabbiyi Luciano Spalletti futbolchilar undan jamoaning taktik sxemasini o‘zgartirishni so‘ragani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Avvalroq Italiya matbuotida «keksa sinyora» futbolchilari murabbiydan 3-5-2 sxemasidan foydalanishni so‘rayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

«Futbolchilar bunday qarorlarni qabul qilmaydi. Men jiddiy va vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan insonlar bilan ishlayapman. Ular menga qaysi sxema bo‘yicha o‘ynashni belgilab bera olmaydi. Bunday qilishga jur’at ham etishmasdi, chunki bu jamoadoshlariga nisbatan hurmatsizlik bo‘lardi. Menimcha, kimdir shunday savollarni o‘ylab topadigan soxta guruh mavjud», — dedi Spalletti «Yuventus» rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Bugun, 28 oktyabr kuni «Yuventus» Italiya chempionati doirasida safarda «Jenoa»ga qarshi bahs olib boradi. Hozirda Spalletti jamoasi turnir jadvalining yettinchi pog‘onasini egallab turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q