Sportni rivojlantirish vaziri Xalqaro kurash assotsiatsiya bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

  • 28 oktabr, 2022, 18:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
BEPUL PROPAN

Bugun, 28-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Xalqaro kurash assotsiatsiya bosh kotibi va texnik direktori janob Muhammad Rizo Nassiri Nejad bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Uchrashuvda kurashni rivojlantirish va jahon darajasiga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro kurash assotsiatsiya bosh kotibi joriy yilning noyabr oyida Puna shahrida (Hindiston) kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionati va Kurash xalqaro assotsiatsiyasining navbatdagi Kongressida Adxam Ikramovni faxriy mehmon sifatida ishtirok etishi uchun taklif qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar kurashni rivojlantirish manfaati yo‘lida doimiy hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!