SPORTS.uz hodimlari e’tirof etildi

CHERY AUTO

Ushbu bayram munosabati bilan sohada qalam tebratayotgan bir qator jurnalistlar taqdirlanishdi. Quvonarlisi, SPORTS.uz internet nashrining tennis sport turi bo‘yicha eksperti Javohir Toshxo‘jaev Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan O‘zbekiston aholisi orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, sport tadbirlari va musobaqalar, xalqaro arenalarda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarayotgan vatandoshlarimiz va ularning ustozlari, sport-o‘quv muassasalari va inshootlari faoliyatini yoritishda faollik ko‘rsatayotgan ijodkorlarni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan “Yilning eng faol sport jurnalisti” tanlovida g‘olib bo‘ldi.

Tecno

Shuningdek, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportni yanada rivojlantirishda faollik ko‘rsatayotgan SPORTS.uz muxbiri Dmitriy Popov O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan "Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

dmitry popov

Sayt tahririyati ushbu nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan hamkasblarimizni tabriklaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
D W
28/06/2019 01:14
Sport uz bir narsadan hursandmiz sizlar Paxtakorchi Bunyodkorchi yoki loko chi emassizlar . adashmasam namanganliklar va boshqa viloyatdagilar uchun hozir sport saytlaridan eng qulayi sizlarsizlar ishlaringa omad . tepadagi 3 kamanda haqida yozme quyurina chunki boshqa saytlar yotvolib yozishyati .
&
Surxon turon
28/06/2019 11:18
Uji campianat asia udalet bugan manda faqat silarni kuzatovman ishlaringa omat faqat boshqa sayitlardan tezroq ishlanglar shunda uquvchilaring kupayadi zur xozircha
D W
28/06/2019 01:00
biz ham tabrikliymiz navbahor muhlislari nomidan omadilani bersin . Navbahorni oyinini youtube dan quyib tursela rusa hursand bolardik sizlardan . yana bir bor ishlaringa omad