
Stranja turniri. O‘zbekistonga nisbatan 3 barobar ko‘p bokschi bilan qatnashgan Qozog‘iston va Rossiya umumjamoa hisobida bizdan ortda qoldi (to‘liq jadval)
Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha "A" klassdagi Stranja musobaqasi o‘z nihoyasiga etdi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda hamyutlarimizga teng keladigani topilmadi. O‘zbekiston 13 vazn toifasining 8 tasida bokschilar bilan ishtirok etgan bo‘lsa, Qozog‘iston va Rossiya jamoalari har bir vaznda 2 tadan, jami 26 tadan bokschi bilan Bolgariyaga kelgan edi. Ammo yakunda 6 ta oltin (erkaklar) va 1 bronza (ayollar) bilan erkaklar o‘rtasida ham, ikki yo‘nalish bo‘yicha umumjamoa hisobida Rossiya va Qozog‘istondan o‘zib ketildi. To‘liq medallar jamlanmasi bo‘yicha jadval bilan quyida tanishing:
Stranja turnirida sovrindor bo‘lgan barcha bokschilarimiz bilan tanishing
Fikrlar