Suares okean ortiga yo‘l olishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Luis Suares faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikola Skira o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 34 yoshli urugvaylik futbolchiga MLSning ikki klubi taklif bilan murojaat qilgan. Bundan tashqari, unga Braziliyaning "Korintians" klubidan ham qiziqish bor.
Suaresning "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Luis Suares joriy mavsum 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar