
Suaresning dubli "Atletiko"ning g‘alabasini ta’minladi (video)
Ispaniya La Ligasining 21-turida “Atletiko” safarda “Kadis” mehmoni bo‘ldi.
Qiziqarli va gollarga boy kechgan o‘yin 2:4 hisobida “matraschilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Atletiko”ga g‘alaba keltirgan gollarga Luis Suares (28', 50'), Saul Niges (44') va Koke (88') mualliflik qilgan bo‘lsa, mezbonlar safida Alvaro Negredo (35', 71') dubl muallifiga aylandi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar