
Suhrobbek Otajonov qozog‘istonlik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi (Video)
Ayni daqiqalarda Qozog‘istonning Almati shahrida “Octagon 46” turniri bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu jang kechasida yurtdoshimiz Suhrob Otajonov qozog‘istonlik Alisher Gazizga qarshi bahs yuritdi. O‘ta engil vazn (61,2 kg) toifasida bo‘lib o‘tgan ushbu qarama-qarshilikda o‘zbekistonlik jangchi 2-raundda bo‘g‘ish uslubi evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa yurtdoshimiz o‘zining 5-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, unda 1 mag‘lubiyat ham bor. Aksincha, qozog‘istonlik jangchi esa o‘zining ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va shu tarzda uning rekordi 3-1 ko‘rinish oldi.
Albatta, ushbu chiroyli g‘alaba bilan sportchimizni muborakbod etamiz!
Fikrlar