Sulsher eski nomzodga murojaat qilmoqchi
"Manchester Yunayted" "Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Oldiroq, xorvatiyalik futbolchini MYu sobiq ustozi Joze Mourino ham qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan edi.
Fichajes nashri Ule-Gunnar Sulsher ham Perishich transferini amalga oshirmoqchiligi haqida xabar bermoqda.
"Bavariya"da ijara asosida to‘p surayotgan 31 yoshli futbolchi yakunlangan mavsumda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol va yana shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar