Sulsher ichki muhit buzilmasligi uchun bir futbolchidan voz kechadi

  • 21 fevral, 2021, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Sulsher yozgi transferlar vaqtida jamoaning ikki darvozabonidan birini sotib yuborishga qaror qildi. Gap ispaniyalik tajribali posbon David de Xea va uning angliyalik asosiy o‘rinosari Din Xenderson haqida ketmoqda.

De Xea 2011 yildan beri jamoa darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Biroq, keyingi paytda uning hisobga ta’sir qilayotgan xatolarga yo‘l qo‘yishi odatga aylanib bormoqda. Klub tarbiyalanuvchisi Din Xenderson esa o‘tgan mavsumda ijara asosida “Sheffild” sharafini himoya qilib, nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘ydi. Hozircha, Din asosan kubok uchrashuvlarida maydonga tushyapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, ikki kuchli darvozabon o‘rtasidagi raqobat ichki muhit buzilishiga olib kelmoqda. Sulsher buning oldini olish uchun ulardan biridan voz kechadigan bo‘ldi. Ular biri boshqa klubga transfer qilinsa, o‘rniga boshqa yuqori darajadagi darvozabon olib kelinadi va u o‘rinbosar vazifasini bajaradi.

30 yoshli David de Xeaning klub bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha, 23 yoshli Xendersonning kelishuvi 2025 yilning yarmigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!