
Sulsher ko‘zlagan futbolchi kim?
“Manchester Yunayted” rahbariyati “Borussiya” futbolchisi Jeydon Sancho transferidan voz kechdi va e’tiborini “Uotford” vakili Ismoil Sarrga qaratdi.
Ayni paytda manchesterliklar 22 yoshli senegallik yarim himoyachi uchun yagona da’vogar hisoblanadi. Chunki, Sarrga qiziqish bildirgan “Liverpul” uning o‘rniga “Vulverxempton”dan Diogu Jotani sotib oldi va afrikalik futbolchi uchun kurashdan chiqdi.
Premer-ligadan tushib ketgan “Uotford” katta maosh olayotgan Sarnni “Manchester Yunayted”ga ijaraga berishga tayyor. Bu orqali jamoa Ismoilning maoshiga ketadigan mablag‘ni boshqa o‘yinchilarni olishga yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladi.
Fikrlar