
Sun’iy intellekt Messining eng munosib vorisini tanladi
“Barselona” uzoq yillik sardori va etakchisi Lionel Messidan ayrildi. Ayni paytda ko‘pchilik argentinalik yulduzning o‘rnini kim bosa olishiga qiziqmoqda.
Olocip kompaniyasi sun’iy intellekt yordamida Messining o‘rnini bosa oladigan futbolchini aniqlash bo‘yicha tadqiqod o‘tkazdi.
Superkompyuterning hisob-kitoblariga qaraganda, Messiga eng munosib o‘rinbosar kataloniyaliklarning yangi hujumchisi Memfis Depay ekan. Sun’iy intellekt niderlandiyalik hujumchi va Messi o‘rtasidagi o‘xshashlikni 73 foizga baholagan. Ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Serxio Aguero hamyurtining o‘rnini 65 foizga bosishi mumkin ekan.
Kompyuterning hisoblashicha, Memfis Depay o‘tgan mavsumda La Ligada to‘liq o‘ynaganida penaltilardan tashqari 15 ta gol urardi va sakkizta golli pas oshirardi.
Messining o‘zi Ispaniyadagi so‘nggi mavsumida 35 ta uchrashuvda 30 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.
Fikrlar