Superklub 20 yoshli yulduz uchun 100 million evro to‘laydi

  • 19.12.2025 06:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Yuventus”ning turkiyalik hujumchisi Kenan Yildiz Londonning “Arsenal” klubiga o‘tishi haqidagi xabarlar tobora ko‘payib bormoqda. Avval xabar berilganidek, “kanonirlar” 20 yoshli yulduzning agenti bilan allaqachon aloqa o‘rnatishga ulgurgan.

La Repubblica nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Angliya grandi turkiyalik futbolchi uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda.

“Yuventus” o‘z etakchisining narxini taxminan 100 million evro atrofida baholamoqda. Londonliklar bu summani to‘lashga rozi ekani aytilyapti.

Turin superklubi Kenan Yildizni tarkibda olib qolishga ham urinyapti. Ular o‘yinchiga 2029 yilning yarmigacha tuzilgan amaldagi shartnoma o‘rniga sharoitlari yaxshilangan bitim tayyorlayapti. Biroq ko‘p narsa Kenanning tanloviga bog‘liq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!