Superklub “Chelsi”ning uch o‘yinchisiga “hujum” qildi

  • 29 noyabr, 2024, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Football Italia nashrining ma’lum qilishicha, “Yuventus” rahbariyati oldindagi transferlar vaqtida tarkibni sezilarli darajada kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, turinliklar “Chelsi”ning birdaniga uch futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

“Yuventus”ga Benua Badiashile, Chezare Kazadei va Ben Chiluell kerak. Turin superklubi Gleyson Bremer va Xuan Kabal jarohat tufayli mavsum oxirigacha jamoaga yordam berolmasligini inobatga olib, transferlarga yanvar oyidayoq qo‘l urmoqchi.

“Yuventus” mutasaddilari Badiashileni Bremerga, Chiluellni Kabalga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi.

Kazadei esa, “Chelsi”ning keyingi rejalariga ham kiritilmagan va italiyaliklar bu yarim himoyachini anchadan beri kuzatib kelmoqda. Ayrim manbalar qishda Nikolo Fadjoli “Yuventus”ni tark etishi haqida ma’lumot chiqardi. Undan bo‘shaydigan o‘ringan aynan Kazadei olib kelinishi mumkin.

“Chelsi” rahbariyati bosh murabbiy Entso Mareskaga kerak bo‘lmay qolgan har qanday o‘yinchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!