Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Superklub Mbappe uchun rekord taklif tayyorlamoqda

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Transfer olamida yangi rekord bo‘ladi

Ispaniyadan shov-shuvli xabar

Mahalliy manbalarga ko‘ra, «Liverpul» klubi «Real» hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

Angliyaning yetakchi klublaridan biri fransuz yulduzi uchun rekord taklif tayyorlayotgani aytilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, «qizillar» Mbappe uchun 250 million yevro taklif qilishga tayyor. 

Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2024 yilda «PSJ»dan «Real»ga o‘tgan edi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Futbol tarixidagi eng qimmat transfer hanuzgacha «PSJ»ga tegishli. Parij klubi «Barselona»dan Neymarni 222 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q